UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Shavkat Zulfiqor, Nurzida - Men onamni yaxshi ko'raman

Shavkat Zulfiqor, Nurzida - Men onamni yaxshi ko'raman

Shavkat Zulfiqor, Nurzida - Men onamni yaxshi ko'raman
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Men onamni yaxshi ko'raman - Shavkat Zulfiqor, Nurzida Длина: 3:57, Размер: 9.65 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Shavkat Zulfiqor Nurzida - Men onamni yaxshi ko'raman

Mayli meni qiynagin hayot
Qiynog'inga bardosh beraman
Lek onamni qilgin extiyot
Men onamni yaxshi ko'raman

Dardim bo'lsa kuyingan onam
Quvonchimga suyingan onam
Munisginam mehribonginam
Men onamni yaxshi ko'raman

Onajonim jonim onam
Qo'llaringiz ko'zimga suray
Onajonim jonim onam
Boringizga shukurlar qilay

Tashla meni ming turfa yo'lga
Do'lga tashla so'ng olib cho'lga
Lek qaratma begona qo'lga
Men onamni yaxshi ko'raman

Ishlarim ko'p yo'lda yuraman
Yuragimda yashar bir nido
Nima qilsang qil meni biroq
Men onamni yaxshi ko'raman

Onajonim jonim onam
Qo'llaringiz ko'zimga suray
Onajonim jonim onam
Boringizga shukurlar qilay

Mayli dard ber qiynalsin tanam
Hayot senga yo'q asloginam
Omon bo'lsin sog' bo'lsin onam
Men onamni yaxshi ko'raman

Hayot senga bitta o'tinchim
Onam mening baxtim quvonchim
Extiyot qil mening quvonchim
Men onamni yaxshi ko'raman

Onajonim jonim onam
Qo'llaringiz ko'zimga suray
Onajonim jonim onam
Boringizga shukurlar qilay
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив