UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Shavkat Zulfiqor - O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Shavkat Zulfiqor - O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Shavkat Zulfiqor - O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню O'zga yurtda tanam qolib ketmasin - Shavkat Zulfiqor Длина: 3:00, Размер: 2.75 MB, Качество: 128 kbps бесплатно или слушать онлайн!
 Shavkat Zulfiqor - O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Musofirman yurakda bir xadik bor
Bemor bo'lsam ajal bo'g'zim tutmasin
Yaratganim qodir ey Parvardigor
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Quloq solgin o'zing ko'ngil zorga
Farzandlar yosh otam - onam qarigan
Ne sinov ber rozimanu bariga
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Davosi bor dard bersang tanamga
Dardlarimni yellar borib aytmasin
Jabri juda og'ir bo'lar onamga
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Bu qismatni tanlamadim men atay
Peshonanga bitmishing shu men netay
Umrim so'nggi o'z yurtimda tinch yotay
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

O'zing bilgan o'sha jonu tanda non
O'zing bilgan o'sha ojiz bandaman
Goh yuragim sanchib qolar qo'rqaman
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Bilmam qancha savob qancha gunohim
O'zingdursan har ishimda ogohim
Sendan bitta tilagim shu Allohim
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin

Musofirman yurakda bir xadik bor
Bemor bo'lsam ajal bo'g'zim tutmasin
Yaratganim qodir ey Parvardigor
O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив