UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Shavkat Zulfiqor - Jigarlar

Shavkat Zulfiqor - Jigarlar

Shavkat Zulfiqor - Jigarlar
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Jigarlar - Shavkat Zulfiqor Длина: 3:31, Размер: 8.07 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Shavkat Zulfiqor - Jigarlar

Bilmadim odamzot qachon to'yarkan
Pul desa qo'lini qonga bo'yarkan
To'ymagan nafsini to'ydiraolmay
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan

Ota-onasidan qolganda meros
Talashib tortishar hayvonlarga hos
Qiyomatga yaqin qolgandek biroz
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan

Bir ona qorniga siqqan qondoshlar
Bugun bir hovliga sig'masdan boshlar
Yuzda nuri qochgan yuragi toshlar
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan

Ukam egilmasin boshing demasdan
Aka mendan katta yoshing demasdan
Ayamasdan ko'zu qoshing demasdan
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan

Bittasi bittasin dardin bilmaydi
Jigar deb kunda bir yo'qlab kelmaydi
Begona bo'lsa ham alam qilmaydi
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan

Odamlar bir parcha yerga muommo
Yer ham odam yutib to'ymaydi ammo
Gadoning dushmani bo'larkan gado
Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив