UzTrend.Com / Ремикс / Ummon guruhi - Azob (Remix 2024)

Ummon guruhi - Azob (Remix 2024)

Ummon guruhi - Azob (Remix 2024)
  • Жанр: Ремикс
  • Размер MP3: 9.73 MB
  • Длительность MP3: 4:15
  • Качество MP3: 44100 Hz, 320 kbps, 16 bit, Stereo
+57
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Azob (Remix 2024) - Ummon guruhi Длина: 4:15, Размер: 9.73 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Ummon guruhi - Azob (Remix 2024)

Gapirma jim o`z ko`zlarim bilan ko`rdim
Yo`limdan qoch hammasidan to`yib ketdim
Necha bora xiyonat lekin kechiraverardim
Sevganim sabab meni unut bugundan boshlab

Ketarman lekin nimadir mani ortimga tortar
Lek ishonaman bir kun yurak uni unutar
Hayotda xatoyim bo`ldi man sani uchratganim
Undanam battari bo`ldi sani sevib qolganim

Lekin to`lib qolgan sabr kosam
Ketaman izlab yordam yuragim to`xtab bo`lgan
Qo`llarim ko`ksimga qo`ysam – olsam
Qo`llarim qon o`sha qonda ham sening visoling namoyon

Endi yuragim urmasa kimga ham kerakman?
Yuragim san bilan qoldi sanga kerakmasman
O`zi kerak bo`lganmi bu dunyoda bir zum
A hech bo`lmasa sog`inganmiding mani bir kun?

Ko`zlarim xiralashdi yuragim umuman yo`q
Astalab kun botardi orqaga esa yo`l yo`q
Ko`chada qish kunlari manga yomon sovuq
Shunda ham sani eslardim sanga qizig`i yo`q!

Sanga qizig`i bo`lmasa kimga qizig`i bor
Axir sandan ortiq bu dunyoda mani kimim bor?
San ham mendan voz kechding endi menda hech yo`q
Mani uyqum keladi lekin ko`chada sovuq

Agar xozir uxlasam uyg`onmasligim tayin
Ko`karib ketdi lablarim chidayolmadim
Ko`zlarim yumildi yaxlab qolgan kipriklarim
Bir-biriga ulandi hammasi bugun tugadi

Ko`zlarim ochilganda qandaydir xonadonda yotardim bir o`zim
Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar
Lekin mehrga to`la ko`zlar mani asrab qoldi 18 yoshli go`zal
Oradan o`tardi kunlar lekin mani qiynardi hamon o`sha o`ylar
Hatto begona insonchalik bo`lolmading menga
Shu begona insonlar malham bo`ldi dardimga

18 yoshli qiz tuyg`usi mani uyg`otdi
Agar shu qiz bo`lmaganda borardim qayoqga?
Mehribon ekan qutqardi mani o`limdan
O`sha kuni baxt uchradi manzili yo`q yo`ldan

Astalab sekin unga tushdi ko`nglim
Unga berdim mehrim lek yuragim berolmadim
Chunki o`sha ayanchli kun yurak qoldi senda
Azob-u uqubatdan ortiq ne qoldi menda?

Lekin esingdan chiqarma – bir kun kelib boraman
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman
Sani oshiqlaringdan endi mani kamim yo`q
Manda mashina bor kiyim-kechaklarim ko`p

Axir senga yoqmasmidi kimda mashina bo`lsa
Kimda kiyimlari ko`p har kuni almashtirsa?
O`sha payt man netay sharoitim bo`lmagan
Axir sen emasmiding mani shu ko`yga solgan?

Bugun kun botib sani oldingga boraman
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman
Yaqinlashganim sari san tomonga
Ich-ichimdan to`lib ketdim negadir hayajonga

Eshik oldida turib ozgina shoshilmadim
Avval uying atrofiga nazarimni tashladim
Hammayoq isqirt edi umuman qaralmagan
Bu yerda xalovat tugab yovuzlik hukm surgan

O`ylanib qoldimda so`ngra bosdim tugmani
U esa chiqib keldi ko`zlarida yoshlari
Yoshini ko`rib ichimdan suyunib ketdim
Axir mani ahvolimga u achinmagan edi

O`ylab ko`rsam manga u yurakning keragi yo`q
Manda boshqa yurak manga o`sha yurak kerak
Sanda qolib ketganini esa o`zingga olib qo`y
Unga sandan boshqa hech kim sig`maydi bilib qo`y

Keyin chiqib ketdim ortimni o`girib
U esa ortimdan chiqdi yalinib-yolvorib
Lekin sani kechirmayman bu dunyoda hech qachon
Axir sani sevganimda ketding mani o`ldirib

Gapirma jim o`z ko`zlarim bilan ko`rdim
Yo`limdan qoch hammasidan to`yib ketdim
Necha bora xiyonat lekin kechiraverardim
Sevganim sabab meni unut bugundan boshlab (x2)
Gapirma gapirma jim…
Еще песни этого исполнителя
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив