UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Nodirbek Xolboyev - Yolg'onchi ona

Nodirbek Xolboyev - Yolg'onchi ona

Nodirbek Xolboyev - Yolg'onchi ona
+22
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Yolg'onchi ona - Nodirbek Xolboyev Длина: 5:14, Размер: 11.99 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!

Нодирбек Холбоев - Ёлғончи она


Bemor chog‘larida bo‘lay deb malham
Yonidan ketmasam bir lahza, bir dam
Buguncha yaxshiman, tuzalib qoldim
Deya meni aldar mushtipar Onam

Sizga bir umrga bo‘lay parvona
G‘amdan yiroq bo‘ling, darddan begona
Ne xizmat buyuring roziman, faqat
Hammasi yaxshi deb aldamang Ona

Deysiz soppa-sog‘man, betashvish, beg‘am
Ishingdan qolmagin og‘rinma bolam
Bolasin ayagan hokisor Onam
Yolg‘onchi Onam-a, aldoqchi Onam (2x)

Ne yegingiz keldi? etay muhayyo
Eng tansiq ne'matni ko‘rayin ravo
Siz axir men uchun aziz dunyoda
Hammadan yaxshisiz, hammadan a'lo

Farzandlarin suyib, asragan Onam
Goh suyib, goh kuyib balqagan Onam
Men kabi olifta nodon o‘g‘lini
Eng yaxshi o‘g‘il deb aldagan Onam

Deysiz soppa-sog‘man, betashvish, beg‘am
Ishingdan qolmagin og‘rinma bolam
Bolasin ayagan hokisor Onam
Yolg‘onchi Onam-a, aldoqchi Onam (2x)

Rosti alam qilar, og‘rinar yurak
Armonga aylandi qanchalar tilak
Rostin ayting Ona bolangiz bo‘lib
Sizga ne uzatdim tashvishdan bo‘lak

Yosh edim bilmadim izzatingizni
O‘rniga qo‘ymadim xurmatingizni
Endi izin bering aldamay toki
Umrbot qilayin xizmatingizni

Deysiz soppa-sog‘man, betashvish, beg‘am
Ishingdan qolmagin og‘rinma bolam
Bolasin ayagan hokisor Onam
Yolg‘onchi Onam-a, aldoqchi Onam (2x)
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив