UzTrend.Com / Премьера песни, 2026 / Hayot guruhi - Bir kam dunyo

Hayot guruhi - Bir kam dunyo

Hayot guruhi - Bir kam dunyo
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Bir kam dunyo - Hayot guruhi Длина: 4:27, Размер: 10.2 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Hayot guruhi - Bir kam dunyo

Armon shamolida unsiz yig'laydi
Ko'nglim gulzorida ochilgan lolam
Oqshomdan tong qadar bag'rim tig'laydi
Yuragim tubiga, ko'milgan nolam

Har on yolg'izligim aytib qo'ymaydi
To'rt burchakka mahkum aylagan xonam
Zarracha anduhni ravo ko'rmaydi
Ko'zyoshlarim artib charchagan onam

Baxtsizlik tuyg'usi qalbdan ketmaydi
O'zing yo'l ko'rsat ey yaratgan egam
Kimdir baxtga yetsa kimdir yetmaydi
Hech rahm etmaydi, bu dunyo bir kam

Baxtsizlik tuyg'usi qalbdan ketmaydi
O'zing yo'l ko'rsat ey yaratgan egam
Kimdir baxtga yetsa kimdir yetmaydi
Hech rahm etmaydi, bu dunyo bir kam

Birgina savol hech tinchlik bermaydi
Nega shunday bir kam  yaralgan olam
Dunyo tashvishlarin hali bilmaydi
Ko'zimga miltirab, termulgan bolam

Allaqachon kelgan ketay demaydi
Ko'ngil koshonamda bir mehmon alam
Dardim tinglab hech indamaydi
G'amim artguvchi yolg'iz shu uyda

Baxtsizlik tuyg'usi qalbdan ketmaydi
O'zing yo'l ko'rsat ey yaratgan egam
Kimdir baxtga yetsa kimdir yetmaydi
Hech rahm etmaydi, bu dunyo bir kam

Baxtsizlik tuyg'usi qalbdan ketmaydi
O'zing yo'l ko'rsat ey yaratgan egam
Kimdir baxtga yetsa kimdir yetmaydi
Hech rahm etmaydi, bu dunyo bir kam
Еще песни этого исполнителя
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив