UzTrend.Com / Премьера песни, 2026 / Behruz Nurboboyev - Boshimda ko'tarib yuraman

Behruz Nurboboyev - Boshimda ko'tarib yuraman

Behruz Nurboboyev - Boshimda ko'tarib yuraman
+11
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Boshimda ko'tarib yuraman - Behruz Nurboboyev Длина: 3:15, Размер: 7.45 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Behruz Nurboboyev - Boshimda ko'tarib yuraman

Men seni boshimda ko'tarib yuraman
Gar ko'rinmay qolsang axtarib yuraman
Sog'inch azoblarim ortib yelkamga
G'am yukin tortib itarib yuraman

O'n sakkiz yoshimda yurakni g'ashladim
Bilmay qoldim o'zim nelarni boshladim
Umidim urug'in sahroga tashladim
Endi ko'z yosh bilan sug'orib yuraman

Umidim urug'in sahroga tashladim
Endi ko'z yosh bilan sug'orib yuraman

Bu sho'rlik peshonam tuzroqmi deymanda
Ishq qurmish qurmoqmas buzmoqmi deymanda
Bu sho'rlik peshonam tuzroqmi deymanda
Ishq qurmish qurmoqmas buzmoqmi deymanda

Yurak urishi sal tezroqmi deymanda
Qishda terlab yozda yo'talib yuraman
Yurak urishi sal tezroqmi deymanda
Qishda terlab yozda yo'talib yuraman

Sheriksan gunohu savobimga o'zing
Maxsharda guvohsan javobimga o'zing
Zahar zaqqum qo'shding sharobimga o'zing
Chanqaganda endi simirib yuraman
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив