UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Bahrom Nazarov - Turli-turli

Bahrom Nazarov - Turli-turli

Bahrom Nazarov - Turli-turli
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Turli-turli - Bahrom Nazarov Длина: 2:59, Размер: 6.83 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Bu hayot yo'llarida
Qadamlar turli - turli
Qadam bosib borar u
Odamlar turli - turli

Erdamiz bo'ldi bugun
Bugun ham o'tar beg'un
To bomdoddan shomgacha
Har damlar turli - turli

Qo'ling bo'lsa davlatda
Ko'krak kerib albatta
Soyamda bo'ldi katta
Deganlar turli - turli

Mushtiga urib mushtin
So'karlar yetti pushtin
G'iybatlab odam go'shtin
Yeganlar turli - turli

Hayot kimga pand bergan
Kimga novvot qand bergan
Olamda olam degan
Olamlar turli - turli

Ko'ngling bilan ishi yo'q
To'rt faslki qishi yo'q
Chiroyi bor ishqi yo'q
Sanamlar turli - turli

Kecha yoningda bo'lgan
Bugun ulg'ayib qolgan
O'gil qizingdan kelgan
U g'amlar turli - turli

Gohi sendan yuz burar
Goho yoningda turar
Qarindosh do'stu jigar
Hamdamlar turli - turli

Hushnud ko'nglim navo qil
Ko'nillarga sado qil
Faqat Alloh bitta bil
Qolganlar turli - turli
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив