AbroBey - Qora bozor

AbroBey - Qora bozor
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Qora bozor - AbroBey Длина: 3:28, Размер: 4.75 MB, Качество: 192 kbps бесплатно или слушать онлайн!
AbroBey - Qora bozor

Bu suhbat bor gap hammasi 
Yoʻq tuhmat 
Qoʻshigʻim — oyna 
Aksing koʻrsang oʻzingni toʻxtat yoʻq vaqt
Tez tushunganga rahmat

Toʻgʻri pulning tili yoʻq lekin gapiradi joyida
Senam baland gapirish uchun tinmading yil-oʻn ikki oyiga
Balki meros boydan erkatoyiga
Xullas mansabni ishlatma zoyega

Bir paytda har xil soha — qobiliyatmi yoki jinnilik? A?
Oʻz yoʻliga tirikchilik
Albatta qobiliyat 
Shu qobiliyatga tupurish — bu jinnilik 
Bilmadim bu nima koʻrgilik?

Oʻzi hayotida eplab qilolgani bir ish
Gapirtirib qoʻysang hamma ishda aqli gʻij-gʻij
Hamma aql: “Bunaqa qil” bizniki notoʻgʻrimish
Agar seniki toʻgʻri boʻlsa bu nima yurish?!

Oldi-orti qop-qora bozor
Odam odamdan koʻrib ozor
Hayotmi shuyam qara mozor
Deyishga majburmi odamzod?

Oldi-orti qop-qora bozor
Odam odamdan koʻrib ozor
Hayotmi shuyam qara mozor
Deyishga majburmi odamzod?

Qolma koʻnikib teskari toʻniga
Qara orqa-oldiga
Besh qoʻl tiqma birdaniga 
Tursa tiqma har turiga
Chuqurning arzoniga
Oʻzi berdi qahri kelsa olib qoʻyadi soniyada

Koʻp puldan qutursa sinadi zoʻriyam
Vijdon oʻchib qolsa yoʻq boʻladi boriyam
Xohlagancha ol dam boʻlsin obi-tobiyam
Kayfning koʻpi — koʻp oʻyla ertaniyam

Maqsad hayp tarz nas
Pastdan past oʻtib ketish shartmas
Tagi zil hazil
Yengil hazm
Oxirgacha bos gaz
Indamasa mazza

Mansab bor kayf nas
Har kun mast
Akaxon qaytmas
Uzluksiz bazm
Alko qazi 
Oxirgacha bos gaz
Pul koʻp mazza

Ye tiq shuniyam 
uniyam buniyam
Kammi? Tiq yanayam!
Yeb bitir oʻzingniyam
Yangilikni qara yosh qizni bosib qariya
Qaynota kelinniyam
Bu bilganimiz haliyam

Tanganing bu tarafi — zamonaviy dunyo
Zamonaviy odamlar 
Zamonaviy me’yor
Chegarasi yoʻq tugamas bu uzun yoʻl
Sharmanda-sharmisor uyatsiz dunyo

Gapning loʻndasi bizdan boʻlsa tegmasin 
Gazanda-ku hammasi oʻzligi yoʻq nusxasi
Oʻzing bilan birga oʻyla bu hammaning qissasi 
Nusxanimas oʻzligimiz bilsin bular kim desa…
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив