UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Azizbek Maxmudov - Baxtli bo'ling

Azizbek Maxmudov - Baxtli bo'ling

Azizbek Maxmudov - Baxtli bo'ling
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Baxtli bo'ling - Azizbek Maxmudov Длина: 3:37, Размер: 8.27 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Azizbek Maxmudov - Baxtli bo'ling

Yarim baxtim quchoqlasam tun qo'ynida
Yarim ko'nglim yig'lab berar yor uyida
Hech omadim kelmadida ishq o'yida
Mayli ko'ndik yana bir bor shartingizga

Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga
Men vafoning qo'lin mahkam tutgan edim
Sevgi deya tunlar bedor o'tgan edim
Ahdga vafo qilishingiz kutgan edim

Sodiq qoling endi yangi ahdingizga
Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga
Baxtli bo'ling ey baxtli bo'ling
Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga

Mayli ko'ndik yana bir shartingizga
Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga

Sho'r ekanda men g'aribning peshonasi
Sizga yoqmas g'arib kulba vayronasi
Zar bilandur ul hovlingiz ostonasi
Malikasiz erishdingiz taxtingizga

Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga
Mayli yillar sochlarga qor elab qo'ysa
Vaqtlar sodda yigitchani dardi bo'lsa
Qachonlardir hayolingiz bizga cho'msa

Men oshiqni o'ylamang ul vaqtingizda
Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga
Baxtli bo'ling ey baxtli bo'ling
Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga

Mayli ko'ndik yana bir shartingizga
Baxtli bo'ling ko'z tegmasin baxtingizga
Еще песни этого исполнителя
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив