UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Doston Ergashev - Sanamlardan asra

Doston Ergashev - Sanamlardan asra

Doston Ergashev - Sanamlardan asra
+33
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Sanamlardan asra - Doston Ergashev Длина: 3:12, Размер: 7.32 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!

Достон Эргашев - Санамлардан асра


Diydalari qotib ketgan
Gunohlarga botib ketgan
Or-nomusin sotib ketgan
Sanamlardan asra Xudoim

Og‘ulari qo‘llarida
Shayton hamroh yo‘llarida
Hayot o‘ng-u so‘llarida
Yomonlardan asra Xudoim

Do‘stman deya qo‘lin cho‘zgan
Va'da berib ahdin buzgan
Oqibatin ipin uzgan
Soxtalardan asra Xudoim

Alamlarni yutib turgan
Qo‘lda hanjar tutib turgan
Sinishimni kutib turgan
G‘animlardan asra Xudoim

Qadamimga qo‘yib tuzoq
Poyladilar yo‘lim uzoq
Do‘stman deydi do‘stmas biroq
Dushmanlardan asra Xudoim

Gumon asli derlar yomon
Har xayolga borar inson
Doim butun bo‘lsin iymon
Xayollardan asra Xudoim

Diydalari qotib ketgan
Gunohlarga botib ketgan
Or-nomusin sotib ketgan
Sanamlardan asra Xudoim

Og‘ulari qo‘llarida
Shayton hamroh yo‘llarida
Hayot o‘ng-u so‘llarida
G‘animlardan asra Xudoim

Do‘stman deya qo‘lin cho‘zgan
Va'da berib ahdin buzgan
Oqibatin ipin uzgan
Soxtalardan asra Xudoim

Alamlarni yutib turgan
Qo‘lda hanjar tutib turgan
Sinishimni kutib turgan
G‘animlardan asra Xudoim

Qadamimga qo‘yib tuzoq
Poyladilar yo‘lim uzoq
Do‘stman deydi do‘stmas biroq
Dushmanlardan asra Xudoim

Gumon asli derlar yomon
Har xayolga borar inson
Doim butun bo‘lsin iymon
Xayollardan asra Xudoim
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив