UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Farrux Raimov - Kimlarni kimligin bilib turibman

Farrux Raimov - Kimlarni kimligin bilib turibman

Farrux Raimov - Kimlarni kimligin bilib turibman
+35
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Kimlarni kimligin bilib turibman - Farrux Raimov Длина: 3:18, Размер: 7.56 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!

Фаррух Раимов - Кимларни кимлигин билиб турибман


Yolg'onchi dunyodan izlab bitta rost
Ozmi ko'pmi rizqim terib yuribman
Ishlarim yurishmay qolganda biroz
Kimlarni kimligini ko'rib turibman

Borimda  borini poyimga otgan
Yog'imda nomimni bir tiyinga sotgan
Shaytonni xiylayu domiga  botgan 
Kimlarni kimligini ko'rib turibman

Yo'qchilik boshimga urganda chaqib
Ishlar ham teskari ketganda tag'in 
Begonalar bo'lib jigardan yaqin
Kimlarni kimligini ko'rib turibman

Ishonganing ko'zing o'yib ketarkan
Bildirmayin tig'siz so'yib ketarkan
Bu saboqlar bir umrga yetarkan
Kimlarni kimligini ko'rib turibman


To'g'ri yo'ldan uzoq ketgan qadamlar
Jaxannamga borib yetgan qadamlar
Eh bunchalar bo'lib ketdi odamlar
Kimlarni kimligini ko'rib turibman

Kibr to'la amallarga sotilgan
Bir ikki so'm topib itdek qutirgan
Pul turganda oqibatga tupurgan
Kimlarni kimligini ko'rib turibman

Bir do'stu yana biri ulfatda
Bir quzg'un yana biri kalxatda
Der edilar do'st bilinar kulfatda
Kimlarni kimligini ko'rib turibman

Yolg'onchi dunyodan izlab bitta rost
Ozmi ko'pmi rizqim terib yuribman
Ishlarim yurishmay qolganda biroz
Kimlarni kimligini ko'rib turibman
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив