UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Jahongir Otajonov - Barcha shodlik senga bo'lsin

Jahongir Otajonov - Barcha shodlik senga bo'lsin

Jahongir Otajonov - Barcha shodlik senga bo'lsin
+46
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Barcha shodlik senga bo'lsin - Jahongir Otajonov Длина: 3:25, Размер: 7.83 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Жаҳонгир Отажонов - Барча шодлик сенга бўлсин

Barcha shodlik senga bo‘lsin
Bor stamzorlik menga
Barcha dildorlik senga-yu
Barcha xushtorlik menga

Sen meni jonimni olgin
Men sening darding olay
Barcha sog‘lik senga bo‘lsin
Barcha bemorlik menga

Senga bo‘lsin barcha husn-u
Menga bo‘lsin barcha ishq
Kori xunxorlik senga-yu
Mehr-u poydorlik menga

Senga dildorlik menga xushtorlik
Senga shodlik menga bemorlik

Bu jahonning rohatin ol
Bor azobin menga ber
Senga bo‘lsin barcha orom
Barcha bemorlik menga

Ol o‘zing koshonalarni
Menga qo‘y mayxonani
Barcha xushyorlik senga-yu
Barcha humorlik menga

Senga bo‘lsin nurli kunduz
Menga qolsin qora tun
Barcha gulshan senga bo‘lsin
Bor tikanzorlik menga

Senga jafokorlik menga vafodorlik
Senga dilozorlik menga dilafkorlik (2x)

Senga she'rni bitsin Erkin
Yirtib otmoq o‘z ishing
Kasbi inkorlik senga-yu
Aybga iqrorlik menga
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив