UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Doston Ergashev - Rozimikin (jonli ijro)

Doston Ergashev - Rozimikin (jonli ijro)

Doston Ergashev - Rozimikin (jonli ijro)
+915
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Rozimikin (jonli ijro) - Doston Ergashev Длина: 2:47, Размер: 6.37 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Doston Ergashev - Rozimikin (jonli ijro)

Tunlar bedor kutganim uchun
Bolam deb qon yutganim uchun
Ming dard chekib tuqganim uchun
Onam mendan rozimikin

Do'stu yorlar dardini bildim
Janonalar qadrini bildim
Farzand bo'lib men nima qildim
Otam mendan rozimikin

Ukamga deb olmalar tergan
O'yinchog'in qizg'onmay bergan
Yutug'imdan ko'ksini kergan
Akam mendan rozimikin

Xoling ne deb nazar solmadim
Mushkulida ko'ngil olmadim
Men akamdek aka bo'lmadim
Ukam mendan rozimikin

Shon shuhrat ham ketguvchi qolib
Har insondan qismatdur g'olib
Yo'qlamadim sovg'alar olib
Opam mendan rozimikin

Nomusimiz pok saqlagan
Singillik burchini oqlagan
Duo qilib qalbdan yo'qlagan
Singlim mendan rozimikin

Gunohim ko'p savoblarim kam
Qabrda bor azoblarim
Qanday kechar javoblarim ham
Robbim mendan rozimikin

Yuragimdan yonishlarim
Dunyolardan tonishlarim
Har kuylagan qolishlarim
Muxlis mendan rozimikin
Muxlis mendan rozimikin
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив