UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi

Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi

Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi
+77
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Ona nolasi - Jaloliddin Ahmadaliyev Длина: 5:14, Размер: 12.08 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi

Devorlarni ushlab yura boshlasam
Gaplarim noto'g'ri qura boshlasam
Kallayi saharlab tura boshlasam
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Choyimga bo'ktirib yesam nonimni
Xotining koyisa olmay yonimni
Qiyin qiynoqlarga qo'yib jonimni
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Bolam bolam bolam
Bolam hey bolam
Bolam bolam bolam
Bolam hey bolam

Bir gapni o'n marta qaytarib aytsam
Nonga deb ketsamu non olmay qaytsam 
Bir kun sog' o'n besh kun to'shakda yotsam
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Qimmat idishlaring sindirib qo'ysam
Ko'rpamni quyoshga ildirib qo'ysam
Ustimdan hammani kuldirib qo'ysam
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yog'izlatib qo'yma jon bolam

Mehmoning kelganda o'tiraman jim
Onang ekanimni bilmaydi hech kim
Xonamga qamasang og'riydi ko'nglim
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yog'izlatib qo'yma jon bolam

O'ksib yig'layversam xuda behuda
Birontani qumsab qolsam gohida
To'rdan go'rim yaqin bo'lgan chog'ida
Menga qovog'ingni o'yma jon bolam
Aslo yog'izlatib qo'yma jon bolam
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив