UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Botir Qodirov - Keldi bahor

Botir Qodirov - Keldi bahor

Botir Qodirov - Keldi bahor
+11
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Keldi bahor - Botir Qodirov Длина: 4:11, Размер: 9.58 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Botir Qodirov - Keldi bahor

Keldi bahor – ishq fasli bu
Ma’shuqi gulruxsor qani
Ishq ahliga to‘ldi bu bog‘
Oxir degil Dildor qani

Kirmam ul uy bebog‘ ichin
Zebo bo‘lib, saro chunun
Da’vogar, ayt-chi rostin
Zulfimu anbar yor qani

Har damda shaydo bulbuli
Yetdi quloqqa kulguli
Kimga nasib olam guli
Bezahmatu bexor qani

Bulbul hamon aylar fig‘on
Har nolasi so‘ylar ravon
Rost aytayin, kezdim jahon
Bir do‘sti ma’nodor qani

Erta, Nizomiy, ochma lab
Kirsang agar bog‘i talab
Kim ko‘rsa gar, desun ajab
Bulbuli xushguftor qani

Hech topmadim do‘stdan asar
O‘tgan yilu yillar digar
Bu yil yana tashla nazar
Chin do‘st qani, chin yor qani

Keldi bahor – ishq fasli bu
Ma’shuqi gulruxsor qani
Oxir degil Dildor qani

Chin do‘st qani, chin yor qani
Ma’shuqi gulruxsor qani
Chin do‘st qani, chin yor qani
Oxir degil Dildor qani
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив