UzTrend.Com / Премьера песни, 2025 / Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi (new version)

Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi (new version)

Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi (new version)
00
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Yoshligimga qaytgim keladi (new version) - Xurshid Rasulov Длина: 4:22, Размер: 9.99 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi (new version)

Gohi shunday paytim keladi,
Sizga bir gap aytgim keladi,
Qursin ko`ngilning ko`chasi, demang,
Yoshligimga qaytgim keladi.

Dadam so`zin tinglagim kelar,
Bag`rida bir uxlagim kelar,
Quchib-quchib yig`lagim kelar,
Yoshligimga qaytgim keladi.

Onam yopgan issiq nonlarni,
Eslab do`st-u qadrdonlarni,
Sog`indimda o`sha onlarni,
Yoshligimga qaytgim keladi.

Olislardan chorlar bir nigoh,
Qaytolmasam mendami gunoh?
Ilk sevgimga yagona guvoh –
Yoshligimga qaytgim keladi.

Umr asli besh kunlik safo,
Gohi safo, gohida jafo,
Tashlab ketgan o`sha bevafo
Yoshligimga qaytgim keladi.

Siz ham mendek ezilgan chog`da,
Kezganmisiz xazonli bog'da
Qumsab A'zam yuragi dog'da
Yoshligimga qaytgim keladi

Yoshligimga qaytgim keladi
Yoshligimga qaytgim keladi
Yoshligimga qaytgim keladi
Yoshligimga qaytgim keladi
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив