UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Dildora Niyozova - O'g'ling-u qizing

Dildora Niyozova - O'g'ling-u qizing

Dildora Niyozova - O'g'ling-u qizing
+66
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню O'g'lingu qizing - Dildora Niyozova Длина: 3:32, Размер: 8.1 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!
Dildora Niyozova - O'g'ling-u qizing

Yaraqlagan uylaring chang bo’lsayam siqilma
Ro’zg’oringda bir nima kam bo’lsayam siqilma
Yo’qchilikdan kunda bir jang bo’lsayam siqilma
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Chaynayotgan noningni bolamga deb o’lasan
Katta bo’lsa gap bilan bir siltasa so’lasan
Bino qo’yma siylama po’palama ko’rasan
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Qariganda g’alvani ko’tarolmas yuraging
Qani ota-onalar suyanchig’ing-tirgaging
Yotib qolsang og’risang kimga bo’lar keraging
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

G’amni olsang ko’nglingga to’lib ketaverasan
Oftob urgan maysaday so’lib ketaverasan
Yuragingni changallab o’lib ketaverasan
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

O’zin boqqaning qolib bolasin ham boqasan
Kuch-quvvating borida hammasiga yoqasan
O’zing uchun bir bora chiqqanmisan boqqa sen?
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Uylantirib bolangni bo’lak qilgin uyini
O’zi tortsin ro’zg’orning tashvishini-o’yini
Ko’rib tursang bo’lgani sog’-salomat bo’yini
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Ta’ma qilsang bir nonni chimirilar qoshlari
Sensiz pishib yeyilar yog’liqqina oshlari
Yugurishar oldingga og’rib qolsa boshlari
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Erining topganini o’ynab yerkan bir ayol
O’g’lining topganini o’ylab yerkan bir ayol
Bekorga aytilmagan xalq ichida bu maqol
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Mayli tushgan uyida yashnab yursin kelinlar
Maqtab alqab duo qil yayrab yursin kelinlar
Qaynonammas onam deb sayrab yursin kelinlar
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar

Yalab-yulqagan uying kelinlarga qolodir
Sendan keyin kim bilsin ne kuylarga solodir
Uyim bolam-chaqam deb olaverma xavotir
O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga ketar
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив