UzTrend.Com / Премьера песни, 2023 / Gulsanam Mamazoitova - Inson

Gulsanam Mamazoitova - Inson

Gulsanam Mamazoitova - Inson
+11
Прослушать Скачать Текст песни
Скачать песню Inson - Gulsanam Mamazoitova Длина: 4:08, Размер: 9.44 MB, Качество: 320 kbps бесплатно или слушать онлайн!

Гулсанам Мамазоитова - Инсон


Havo yetmayapti nafas bering deb
Ulgan insonlarni unutma inson 
Shundoq ham ajalning uljasi sensan
Yostig'ingni o'zing qurutma inson.

Qara o't ichida yonyapti dunyo
Gul ketib kul bilan qolyapti dunyo
Ochlikdan madori quriganlarni
Ko'ziga qarolmay qolyapti dunyo.

Tufonlar tuntardi nimani topsa
Suv bosdi qishlog'u shaharlarni
Urush tuxtamagan sho'rlik yurtlardan
Qushlar ham uzdilar qadamlarni.

Zilzila boshimga tosh bo'lib tushdi
Devorlar tagida qolgandak bo'ldim
Vayrondan qo'rqib qaragan qizni
Ko'zidek yig'ladi bechora ko'nglim.

Tugab borayapti vaqti dunyoni
Uyg'ongin ey inson g'aflatdan uyg'on.
Yaqinlashib kelar hisob zamoni
Uyg'ongin ey iymon uyg'ongin ey vijdon.

Tushumga kiradi o'lgan gudaklar
Qo'lchasiga tuproq to'lgan gudaklar
Nafsiga sig'ingan odamlarni deb
Be mahal qabrni ko'rgan gudaklar.

Qo'l siltab tashlasa tuproq ekanmiz
Ezg'ilab tashlasa ushog' ekanmiz
Bu kunlar bekorga boshga kelmadi
Uz desa uzilar yaprog' ekanmiz.

Kelinglar dunyoni duo qilaylik 
Insonlik burchini ado qilaylik
Bu bizlarga vafo qilmasa mayli
Bizlar ahdimizga vafo qilaylik.

Tugab borayapti vaqti dunyoni
Uyg'ongin ey inson g'aflatdan uyg'on.
Yaqinlashib kelar hisob zamoni
Uyg'ongin ey iymon uyg'ongin ey vijdon.

Tugab borayapti vaqti dunyoni
Uyg'ongin ey inson g'aflatdan uyg'on.
Yaqinlashib kelar hisob zamoni
Uyg'ongin ey iymon uyg'ongin ey vijdon.
Ваши отзывы (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив